Go‘sht, sut va tuxum ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida 315 milllion dollar resurs yo‘naltiriladi

Go‘sht, sut va tuxum ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida 315 milllion dollar resurs yo‘naltiriladi

Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Go‘sht, sut va tuxum ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida 315 milllion dollar resurs yo‘naltirilishi belgilandi.

Bu mablag‘ chorva kompleksini tashkil qilish, qoramol olish, omuxta yem chiqarish uchun milliy valyutada 17 foizdan 3 yil imtiyozli davr bilan 10 yilga beriladi.

Chorva xo‘jaliklarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlashga ham 1 trillion so‘m imtiyozli kredit yo‘naltiriladi. Ushbu kreditlarning 18 foizdan oshgan qismi Tadbirkorlik jamg‘armasidan barcha tadbirkorlarga qoplab beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!