Gulnora Karimovaning sobiq eriga tegishli 7 milliard so‘mdan ortiq mulk auksionga qo‘yildi

Gulnora Karimovaning sobiq eriga tegishli 7 milliard so‘mdan ortiq mulk auksionga qo‘yildi

Yagona elektron savdo maydonchasida Toshkent shahrida joylashgan yirik firma EDEL VEYS-ALI mas’uliyati cheklangan jamiyati fondidagi yuz foiz ulushi, debitor-kreditorlari va boshqa turdagi barcha mol-mulklari bilan bilan auksionga qo‘yilgan.

Ochiq auksion narxni tushirib borish yo‘li bilan, demping usulida o‘tkazilishi ko‘rsatilgan, deb yozmoqda O‘zA.

Boshlang‘ich narxi yetti milliardan ortiq (7 567 767 500.00) so‘m bo‘lgan firma narxi hozirda 4 142 518 600.00 so‘mga tushgan.

e-ijro-auksion elektron savdo maydonchasida ob’ektning suratlari joylashtirilgan bo‘lib, unda firmaga tegishli Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi 15-uyda joylashgan ofis (jihozlari bilan) va avtomobillar ham ko‘rsatilgan.

EDEL VEYS-ALI ma’suliyati cheklangan jamiyatga 101.5 FM to‘lqinida joylashgan Radio Grand radiosi tegishliligi aytiladi.

Mazkur radio auksionga qo‘yilganiga qaramay, hamon faoliyatini davom ettirmoqda. Auksion joriy yilning 8 may sanasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

EDEL VEYS-ALI ma’suliyati cheklangan jamiyati Gulnora Karimovaning sobiq eri Rustam Madumarovga tegishli bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!