Germaniyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi

Germaniyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi

Germaniyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini allaqachon boshlangan va birinchisiga qaraganda kuchsiz bo‘lib chiqdi, dedi Marburger Bund shifokorlar ittifoqi rahbari Zuzanne Yona.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda mamlakatda koronavirusga chalinish biroz o‘sgan, shuning uchun ehtiyot choralarini unutmaslik kerak.

Augsburger Allgemeine nashri bilan suhbatda shifokor yangi to‘lqinni mart-aprel oylarining katastrofik holati bilan taqqoslab bo‘lmasligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Germaniya sog‘liqni saqlash tizimi bemorlarni davolashga to‘liq tayyor va jiddiy ahvoldagi bemorlar soni kamayishda davom etmoqda.

Shifokorlar kasaba uyushmasi rahbarining ta’kidlashicha, ushbu bosqichda niqob kiyishdan bosh tortish mashinada xavfsizlik kamarlaridan voz kechishga tengdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!