Germaniya va Fransiya - Rossiyaga qimmatbaho avtomobillar yetkazib berishni to‘xtatmoqchi emas

Germaniya va Fransiya - Rossiyaga qimmatbaho avtomobillar yetkazib berishni to‘xtatmoqchi emas

Germaniya va Fransiya Yevropa Ittifoqining hashamatli tovarlar, jumladan, avtomobillarni Belarus orqali urushga qarshi sanksiyalar ostida bo‘lgan Rossiyaga jo‘natish imkonini beruvchi bo‘shliqni yopish niyatiga qarshi chiqdi. Bu haqda Politico internet-nashri 6 iyun, payshanba kuni diplomatik doiralardagi manbalariga tayanib yozgan.

Politico’ning uch suhbatdoshiga ko‘ra, Berlin va Parijning qarshiligi Yevropa Ittifoqi davlatlarini Rossiyaga qarshi 14-sanksiya paketini va Belarusga qarshi shunga o‘xshash choralarni ikkiga bo‘lish haqida o‘ylashga majbur qilgan. Nashrning ta’kidlashicha, bu YEIga Belarusga qarshi sanksiyalar bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal qilishni kechiktirib, yirik gaz sanksiyalarini qo‘llashga imkon beradi.

«Evropa Ittifoqi Belarusga qarshi sanksiyalarni Moskvaning Ukrainaga hujumidan oldin ham kiritgan va Minskni 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida Aleksandr Lukashenko o‘zini g‘olib deb e’lon qilgan va tinch namoyishlarni bostirgani uchun jazolagan», - deya eslatdi material mualliflari.

Politico bilan suhbatda ushbu voqealar rivojini sharhlar ekan, Germaniya va Fransiyaning nomi oshkor etilmagan diplomatlari o‘z mamlakatlari sanksiyalardan bo‘yin tovlashning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashini, lekin birinchi navbatda, Rossiyaga harbiy tovarlar yetkazib berilishiga qarshi kurashish zarur, deb hisoblashini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!