Germaniya sobiq prezidentining o‘g‘lining qotili 12 yilga qamaldi

Germaniya sobiq prezidentining o‘g‘lining qotili 12 yilga qamaldi

Berlin sudi Germaniya sobiq prezidentining o‘g‘li doktor Frits fon Vayszekkerni o‘z ma’ruzasi paytida og‘ir jarohatlagan jinoyatchini 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Shuningdek ayblanuvchini ruhiy kasalliklar kamerasiga joylashtirish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Bu haqda Germaniyaning “Tageszeitung” nashri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz,  Germaniya sobiq prezidentining o‘g‘li doktor Frits fon Vayszekker 2019 yilning 19 noyabrida bo‘yin qismiga urilgan pichoq natijasida vafot etgan edi.

Qayd etilishicha, Reynland-Pfals shahrining 57 yoshli fuqarosi shifokor Frits fon Vayszekkerni otasi 60-yillarda “Boehringer Ingelheim” kimyoviy kompaniyasini boshqargani uchun o‘ldirgan.

Kompaniya Vyetnam urushi uchun halokatli toksinlarni yetkazib bergan. Rixard fon Vayszekker 2015 yilda vafot etganligi sababli, tajovuzkor o‘g‘lini nishon sifatida tanlagan.

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!