Germaniya kansleri Afg‘onistondan jinoyatchilarni deportasiya qilishni qo‘llab-quvvatladi

Germaniya kansleri Afg‘onistondan jinoyatchilarni deportasiya qilishni qo‘llab-quvvatladi

Payshanba kuni Germaniya kansleri Olaf Shols parlamentning quyi palatasi – Bundestagda milliy xavfsizlik masalalari yuzasidan bayonot berdi.

O.Shols o‘tgan haftada 25 yoshli Afg‘oniston fuqarosi tomonidan to‘rt joyidan pichoqlangan 29 yoshli polisiyachining o‘limi haqida o‘z fikrini bildirdi. Hukumat rahbarining aytishicha, fojia "butun nemis xalqining qalbidan joy olgan".

“Radikal islom va terrorizm erkinligimizdan mahrum qiladi. Usiz bizda demokratiya bo‘lmaydi”, - dedi hukumat rahbari.

Halok bo‘lgan ofiserning oila a’zolari, do‘stlari va birinchi navbatda hamkasblari bilan suhbatda O. Shols: “Biz sizlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz polisiyamizni qo‘llab-quvvatlaymiz”, dedi .

Unga ko‘ra, Germaniyada bunday zo‘ravonlikka qarshi qonunlar kuchaytirilishi va polisiyachilarni o‘ldirganlar to‘liq jazolanishi kerak.

Deputatlarga taqdim etilgan hisobotda nemis jamiyatida antidemokratik unsurlar, jumladan, chap va o‘ng qanot siyosatchilarga hujumlar kuchaygani ham qayd etilgan.

O.Shols jinoyat sodir etgan shaxslarni mamlakatdan chiqarib yuborish kerakligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyaning Afg‘oniston va Suriya kabi davlatlarga deportasiyasini qayta boshlash masalasi faol muhokama qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!