Germaniya eksperti Namangandagi tekstil va qurilish mollari ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashrif buyurdi

Germaniya eksperti Namangandagi tekstil va qurilish mollari ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashrif buyurdi

“Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasining “Murabbiylik va biznes-inkubasiya” komponenti loyiha menejeri S.Saidnazirxanov hamda “O‘zbekistonda yashil biznesni rivojlantirish uchun ekotizim yaratish” loyihasi eksperti Atanas Kochovlar Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on va Chust tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan tekstil va qurilish mollari ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashrif buyurdi.

📝Tashrif jarayonida korxonalarni energiyatejovchi va atrof muxitga zararli moddalarni chiqarishni kamaytirishga qaratilgan texonlogiyalardan foydalanish xolatlari o‘rganildi.

O‘z navbatida ekspertlar tomonidan korxonalarda yashil biznesni rivojlantirish va ekotizim yaratilishi uchun “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi tomonidan o‘quv, axborot va maslaxat hizmatlarini ko‘rsatilishi hamda TIAlarni tayyorlashda amaliy yordam berilishi va “O‘zbekistonda yashil biznesni rivojlantirish uchun ekotizim yaratish” loyihasi tomonidan texnik ko‘mak ko‘rsatilishi yuzasidan tushunchalar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!