G‘arbiy Sohildagi Mug‘ir shahrida yahudiy ko‘chmanchilar uylarga qarata o‘t ochdi

G‘arbiy Sohildagi Mug‘ir shahrida yahudiy ko‘chmanchilar uylarga qarata o‘t ochdi

Yahudiy ko‘chmanchilar bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Ramallah yaqinidagi Mug‘ir shahriga bostirib kirib, bir qancha uylarga qarata o‘t ochdi.

Mugir shahar kengashi raisi Amin Abu Ulyaning Anadolu agentligiga aytishicha, o‘nlab yahudiy ko‘chmanchilar shaharga sharqdan kirib kelgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chmanchilar ko‘plab uylarga o‘t ochgan va ular bilan hudud aholisi o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqqan.

Ko‘chmanchilarning Mug‘ir shahriga kirishda Isroil askarlari himoyasida to‘xtaganini tilga olgan Ulya, mintaqada xavotir va taranglik borligini aytdi.

2023 yilning 7-oktabr kuni Isroil armiyasi G‘azo sektoriga hujum boshlaganidan beri Isroil askarlari va yahudiy ko‘chmanchilar tomonidan bosib olingan G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda falastinliklarga qarshi reyd va hujumlar ko‘paygan.

Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda 7 oktyabrdan beri Isroil harbiylari va noqonuniy yahudiy ko‘chmanchilar tomonidan uyushtirilgan hujumlarda 462 falastinlik halok bo‘ldi, 8 mingdan ortiq falastinlik hibsga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!