FVV is gazidan saqlanish qoidalarini tushuntirib berdi

FVV is gazidan saqlanish qoidalarini tushuntirib berdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassisi Is gazidan saqlanishning oddiy qoidalarini tushuntirib berdi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekiston 24" telekanali.
"Havo harorati pasaygan vaqtda aholining isitishga bo‘lgan ehtiyoji oshishi tabiiy. Ana shunday vaqtda ayrim fuqarolar bilib yoki bilmagan holda turli odatiy va nostandart istish moslamalaridan foydalanadi, - deydi FVV boshqarma boshlig‘i Abdusami Ahmadov. - Har qanday yoqilg‘i yongan vaqtda o‘zidan zaharli gazlarni hosil qiladi. Shu sababli bevosida xona ichida joylashgan istish moslamalari soz holatda bo‘lishi kerak.


Birinchi o‘rinda bu - istish pechlari, ikkinchi o‘rinda - tutun chiqaruvchi dudbo‘ronlar. Dudbo‘ron soz bo‘lsayu pech nosoz bo‘lsa, u pech ichidagi hamma gazlarni tortib ketadi va pechning ozgina nosozligi sezilmaydi.


Lekin pech soz bo‘lsayu dudbo‘ron soz bo‘lmasa - bu baxtsiz va ko‘ngilsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Shu sababli dudbo‘ron sozligining asosiy qoidalarini yana bir bor eslatib o‘tmiz:
dudbo‘ron vertikal shaklda tomga chiqishi kerak;


dudbo‘ron uchi chordoqning ustidan ham 50-60sm ko‘tarilgan bo‘lishi kerak. O‘shandagina biz yoni jarayonida hosil bo‘lgan zaharli gazlarni atmosferaga chiqib ketishini ta’minlaymiz;


dudbo‘ronni biz bir marotaba 90 gradusga bukadigan bo‘lsak. uning tortish kuchi bir necha barobar kamayib ketadi, demak zaharlanishga olib kelish ehtimoli bir necha barobar oshib ketadi.
Ma’lumot uchun is gazi (SO2) - juda xavfli. Inson nafas olganda uni sezmaydi, chunki uning hidi rangi va ta’mi yo‘q. Is gazi inson organizmiga kirganidan so‘ng u qon tarkibidagi kislorod tashiydigan gemoglobinga birikadi va qonning miyani kislorod bilan ta’minlash funksiyasi izidan chiqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (3 )

    Ғайрат
    Газ идораларига хам тушунтиринг бунақа қоидаларни ярим кечаси хамма ухлаганда босимни камайтиради тонгда кўпайтиришади
    .
    Aniq.uz таҳририятида ишлайдиган жаноблар!
    Ассалому алайкум.

    Инсон ҳаёти ҳақида сўз юритилаяпти ушбу хабарда, бозордаги сабзи баҳоси ҳақида эмас.
    Нега Она тилимизга бунчалик бефарқлик билан қарайсизлар? Шуми "Тилга эътибор, элга эътибор" дегани? Нима, муҳаррирларинг ЧСБ (чала саводликни битириш) ҳалқаларини ҳали битиришмаганми?

    ФВВдан нимани беришса, эт-бетиги қарамай чоп этаверасизларми? Ушбу вазирлик ташкил этилган кунидан бери русчасида "дымоход" деган сўзни ўзбекчасига "дудбўрон" деб қабул қилган. Бир неча йилдан бери телефон жиҳозларимизга улар томонидан жўнатиладиган хабарларида ҳам "дудбўрон" деб ёзиб келишди. Яхшиямки "қорбўрон" деб ёзишмайди!

    Эринмасдан вазирликнинг навбатчилик қисмига қўнғироқ қилиб, бу сўзнинг нотўғри ёзилаётганини ва тўғри шаклини айтганман, ВАЛЛАҲИ АЗИМ.

    Бугун эса ўзбек аҳлининг катта сонли кузатувчи-мухлисларига эга бўлган эътиборли нашри шундай оддий, инфантил хатоларга йўл қўйиб ўтирибди. Буни қандай тушунса бўлади? Нима, имлода "Шопирлар" канали даражасига тушмоқчимисизлар?
    Эътибор билан қарасанглар, ушбу хабарда яна бир қанча хатолиеларга ҳўл қўйилган.

    Қуруқ, юзаки, таклифсиз танқид демаслигингиз учун Сизларга шу соҳада мусаҳҳиҳлик (корректорлик) хизматимни тавсия этаман. Беғараз бўлган ҳамкорликка ҳам тайёрман.

    Ҳамиша омон бўлинглар.
    Haliyam uzbda gaz bormi