FUTBOL “Bunyodkor” klubiga Ilyos Zeytullayev bosh murabbiy etib tayinlangani haqidagi xabar rad etildi

FUTBOL “Bunyodkor” klubiga Ilyos Zeytullayev bosh murabbiy etib tayinlangani haqidagi xabar rad etildi

Italiya A seriyasida o‘ynagan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi Ilyos Zeytullayev “Bunyodkor” futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Ushbu xabar klub matbuot xizmati tomonidan rad etildi.

“OAVda tarqalgan xabarlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz, “Bunyodkor” futbol klubi Ilyos Zeytullayev bilan shartnoma tuzilganini tasdiqlaydi. Ammo mutaxassis “Bunyodkor” klubining asosiy jamoa bosh murabbiyi emas, balki yordamchi murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi, ya’ni bugungi kunda “Bunyodkor” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Arslonov, unga Anvar G‘ofurov hamda Ilyos Zeytullayev juftligi yordam beradi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Sobiq futbolchi Ilyos Zeytullayev O‘zbekiston terma jamoasi safida 10 bora maydonga tushib, raqiblar darvozasiga ikki bor to‘p kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!