Fuqaroning noqonuniy harakati tizimga 3 milliard 2 million so‘m zarar keltirdi

Fuqaroning noqonuniy harakati tizimga 3 milliard 2 million so‘m zarar keltirdi

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura hamda elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida tezkor nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Unda aniqlanishicha, Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.R. o‘z xonadonining yerto‘lasida mayning qurilmalarni hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘l bilan elektr tarmog‘iga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelgan.

Ushbu holat bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 3 milliard 2 million so‘m miqdoridagi hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.

“O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmatiga ko‘ra, hozirda qoidabuzarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!