Fuqarolarda qaysi rusumdagi avtomobillar soni ko‘p?

Fuqarolarda qaysi rusumdagi avtomobillar soni ko‘p?

O‘zbekiston fuqarolarida qaysi rusumdagi avtomobillar soni ko‘p ekani aytildi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli ma’lumotlarni ochiqladi.

Statistika qo‘mitasi 2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston bo‘yicha jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan eng ommalashgan yengil avtomobillar turi va sonini ma’lum qildi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, avtomobillar turi va soni quyidagicha ko‘rinish oldi: 

“Nexia” - 637 547 dona;

“Damas” - 429 404 dona; 

“Matiz” - 288 685 dona;

“Lacetti” - 282 929 dona; 

“Cobalt” - 267 948 dona.

Avvalroq, hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni ma’lum qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!