Fransiya futbol federasiyasi rahbari futbolchilarga ro‘za tutishni taqiqladi

Fransiya futbol federasiyasi rahbari futbolchilarga ro‘za tutishni taqiqladi

Fransiya futbol federasiyasi rahbari Filipp Diallo jamoalarda Ramazon oyida ro‘za tutish taqiqlanganini tushuntirdi.

Avvalroq Filipp Diallo Ramazon oyida milliy terma jamoa joylashgan bazada ro‘za tutishni taqiqlovchi yangi qoidalarni e’lon qilib, ularni tashkilot nizomida belgilangan betaraflik tamoyiliga rioya qilish bilan izohlagan edi. Taqiq U-16 dan boshlab barcha yoshdagi Fransiya terma jamoalariga tegishli.

"Fransiya futbol federasiyasi diniy asosda kimnidir kamsitadi, degan da’volarga qo‘shila olmayman.

Mening mas’uliyatim - sport amaliyotida ma’lum bir betaraflikni ta’minlash. Federasiya maktablarnikiga o‘xshash tizimni yaratdi.

Har qanday diniy odat tufayli bizning jadvallarimiz yoki ish tartib-qoidalarimizda hech qanday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin emas.

Men hammaning e’tiqodini hurmat qilaman. Agar kimdir ro‘za tutmoqchi bo‘lsa, unda sportchilarning ishlashi va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmaslik uchun uni kechiktirish mumkin. Federasiyada hech kim, jumladan men ham hech kimga ro‘za tutishni taqiqlamaymiz.

Ayrimlar bizni sudga bermoqchi bo‘lishdi, ammo Davlat kengashi bizning haq ekanligimizni tan olgani ma’lum bo‘ldi.

Futbolchilar Fransiya terma jamoasiga chaqirilsa, men ulardan dinlari haqida so‘ramayman. Federasiyaga qarshi sud adolatsiz va yolg‘on ma’lumotlarga asoslangan", — dedi Diallo.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!