Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan Sanjar Rahmonov navbatdagi jangida mag‘lubiyatga uchradi

Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan Sanjar Rahmonov navbatdagi jangida mag‘lubiyatga uchradi

6 aprel tongida Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Rahmonov professional ringdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Las-Vegasdagi boks kechasida Sanjarga amerikalik Keyt Hanter raqiblik qildi.

8 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etib, unda Rahmonov raqibiga ochkolar hisobida yutqazib qo‘ydi.

Qayd etish joiz, bu Sanjar Rahmonovning prof boksdagi 2-mag‘lubiyati bo‘ldi. Sanjarning janglari bugungisi bilan hisoblaganda 14 taga yetdi. O‘zbekistonlik bokschi janglarining 11 tasida g‘alaba qozongan. Shulardan 5 ta nokaut evaziga g‘alabani o‘ziniki qilagan. 1 ta jangida esa durang qayd etilgan.

Hanter esa faoliyatidagi 10-jangini o‘tkazdi. U janglarning barchasida g‘alabaga erishgan. 7 ta jangida esa nokaut evaziga g‘alaba qozongan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!