Finlyandiya chegara buzilishini e’lon qildi

Finlyandiya chegara buzilishini e’lon qildi

Finlyandiya Rossiya kemasi o‘z hududiy suvlariga kirgan deb gumon qilmoqda. Bu haqda juma kuni Xelsinkida hukumat ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, hodisa juma kuni Finlyandiya ko‘rfazining sharqiy qismida sodir bo‘lgan.

«Chegara qo‘riqlash xizmati hodisani tekshirmoqda va tergov davom etar ekan, qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etadi», — deyiladi Finlyandiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Departament uning qanaqa kema ekanligini yoki harbiy ekanligiga aniqlik kiritmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!