"Fenerbaxche" boshqa ligaga o‘tish bo‘yicha uchrashuvda qatnashadi

"Fenerbaxche" boshqa ligaga o‘tish bo‘yicha uchrashuvda qatnashadi

"Fenerbaxche" prezidenti futbolchilar bilan boshqa ligaga o‘tish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

U futbolchilarga rahbariyatning rejalari va imkoniyatlar haqida ma’lumot bergan.

Ertaga, seshanba kuni direktorlar kengashi majlis o‘tkazadi va unda klub ishtirok etadigan chempionat bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, "Fenerbaxche" safarda "Trabzonspor" ustidan g‘alaba qozongach (3:2), mezbon jamoa muxlislari maydonga tushib ketishdi va g‘alabani maydon markazida nishonlayotgan futbolchilarga tashlanishgandi. Natijada, klub Turkiya chempionatidan chiqib ketishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!