Favqulodda vaziyatlar o‘tgan yilga nisbatan kamaydimi?

Favqulodda vaziyatlar o‘tgan yilga nisbatan kamaydimi?

AOKAda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarda himoya qilish, fuqaro muhofazasi hamda yong‘in xavfsizligini ta’milash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi:

Aholi va hududlarni muhofaza qilish yo‘nalishida

74 ta suv va sel-suv omborlari, 47 ta gidroelektrostansiyalarning barqaror, xavfsiz ishlashi va texnik holatlari o‘rganib chiqildi.

Respublikaning sel oqimlari xavfli hududlarida daryo va soylarning qirg‘oqlarini mustahkamlash, o‘zanlarini tozalash ishlari amalga oshirilib,

2 mln. 794,7 ming m3 tuproq, 305 596,9 m3 tosh, 40 720,6 m3, beton ishlari bajarildi.

Jumladan, respublikaning tog‘li hududlarida qor zaxiralarini va baland tog‘lardagi ko‘llarning holatini baholash, qor ko‘chkisi va sel xavfi mavjud hududlarni aniqlash bo‘yicha 4 marotaba ayerovizual kuzatuvlar amalga oshirilib, xavfli hududlarda jamoatchilik vakillaridan iborat 146 ta nazorat-kuzatuv postlari tashkil etildi.

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tegishli idora

va tashkilotlar bilan hamkorlikda xavfli hududlarda daryolar, soylar

va kanallar o‘zanlarini tozalash, qirg‘oq va dambalarni mustahkamlash bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil

16 maydagi PQ–158-son qaroriga muvofiq 2023 yil 1–7 iyun kunlari “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” o‘tkazildi va xaftalik davomida 42 456 nafar fuqaro ishtirokida 1 192 marotaba profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2023 yil 16 fevraldagi 7-son bayoniga muvofiq respublika hududida 2023 yil 1 mart – 1 aprel kunlari respublika miqyosida “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkazildi.

Shuningdek, 2023 yil avgust - oktyabr oylari davomida “Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, energetika tarmoqlari va kommunal xo‘jaligi barqarorligini ta’minlash, aholiga va iqtisodiyot tarmoqlariga elektr va issiqlik energiyasi, gaz resurslarini uzlyuksiz yetkazishda favqulodda vaziyatlarning oldini olish” mavzusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv mashqlariga jami 10 345 nafar rahbar xodim

va shaxsiy tarkib, 159 687 nafar ish bilan band bo‘lmagan aholi hamda FVDT xizmatlarining 4 235 ta maxsus muhandislik texnikalari jalb etildi.

Tashkilot va korxonalarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish

va oqibatlarini bartaraf etish yo‘nalishida 818 marotaba maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilib, o‘quv mashqlariga 75 928 nafar shaxsiy tarkib hamda 8 568 ta maxsus muhandislik texnikalari jalb etildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2022 yilga nisbatan 2023 yilda tabbiy favqulodda vaziyatlar soni 44 taga (34%) kamayishiga erishildi, jumladan, ko‘chki

100% ga, sel toshqinlari 50% ga, tabiiy gazdan zaharlanish 81% ga, is gazidan zaharlanish 7% ga, suvdagi hodisalar 33% ga va boshqa turdagi favqulodda vaiyatlarning xam kamayishiga erishildi.

Yong‘in xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida Yil davomida 319 398 ta korxona va tashkilotlarning 55 615 tasida rejali, 37 801 tasida nazorat tartibida, 115 845 tasida tezkor tekshirishlar hamda 13 035 ta tadbirkorlik subektlariga tegishli obektlarda yong‘in-profilaktika ko‘riklari o‘tkazildi.

Bundan tashqari, 6 306 323 ta yakka tartibdagi uy-joylardan 4 130 309 tasini, 40 813 ta ko‘p qavatli uylarni hamda ulardagi 1 233 593 ta xonadonlarning yong‘inga qarshi holati tekshirib chiqildi.

Amalga oshirilgan ishlar hamda profilaktik tadbirlar natijasida 2023 yilda respublikada sodir bo‘lgan yong‘inlar soni 10 204 tani tashkil etib, 2022 yilning shu davriga nisbatan 59 taga kamayishiga erishildi.

2024-yilda respublikada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish, sodir bo‘lganda ularni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish, shuningdek aholini va rahbarlar tarkibini favqulodda vaziyat(hodisa)larda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash maqsadida FVDTning joriy yil uchun maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:

aholi, eng avvalo ijtimoiy himoyaga muhtoj (bolalar, ayollar va imkoniyati cheklanganlar) aholi qatlami bilan muloqotni kengaytirish, bu borada “mahallabay” va “xonadondbay” ishlash tizimini rivojlantirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish;

aholi va hududlar xavfsizligiga tahdidlar, tabiiy va texnogen xususiyatli xavf manbalarini hisobga olgan holda, tumanlar va shaharlar miqyosida kuchlar va vositalarni samarali taqsimlash, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatuvchi FVDT xizmatlarining tezkor harakatini muvofiqlashtirish mexanizmini yanda takomillashtirish;

favqulodda vaziyat (hodisa)lar ro‘y berish xavfini barvaqt aniqlash bo‘yicha monitoring, tahlil va prognoz qilish tizimini yanada kuchaytirish;

aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash ishlarini tizimli ravishda olib borish;

favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki bunday vaziyatlar ro‘y berganda aholini o‘z vaqtida xabardor qilish bo‘yicha aloqa va xabar berishning avtomatlashtirilgan tizimlarini amaliyotga keng joriy qilishni davom ettirish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida zamonaviy axborot- kommunikasiya texnologiyalarini tatbiq etish;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat nazoratini amalga oshirish;

FVDT va Favqulodda vaziyatlar vazirligi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash bo‘yicha yaratilgan yaxlit tizimini yanada rivojlantirish;

ta’lim muassasalari uchun “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” bo‘yicha davlat ta’lim standartlari va o‘quv dastur (mavzu)larini takomillashtirish hamda amalda tatbiq etish;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonunchilik hujjatlarni takomillashtirish.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!