Farzand ombudsman yordami bilan xorijga o‘qishga ketadigan bo‘ldi

Farzand ombudsman yordami bilan xorijga o‘qishga ketadigan bo‘ldi

7 fevral kuni Bolalar ombudsmanining shaxsiy qabulida bo‘lgan fuqaro M.D. (ayol) o‘z murojaatida sobiq turmush o‘rtog‘i bolasi (2007 yil) uchun alimentni o‘z vaqtida to‘lamaganligi, buning ustiga chet el oliygohiga o‘qishga qabul qilingan farzandini ota xorijga chiqishiga ruxsat bermayotganligi yuzasidan murojaat qilgan.

Mazkur masalada Bolalar ombudsmanining mutasaddi idoralar bilan birgalikda ko‘rgan choralari natijasida M.D. ga sobiq turmushi tomonidan 28 million so‘m aliment qarzdorlik to‘lanishi ta’minlandi. Shuningdek, bolaning istiqboli va kelgusi imkoniyatlari tushuntirilishi natijasida ota farzandining xorijga ta’lim uchun chiqishiga rasmiy ravishda ruxsat berdi✅


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!