Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi aholini yana bir dori vositasi bo‘yicha ogohlantirdi

Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi aholini yana bir dori vositasi bo‘yicha ogohlantirdi

Ijtmoiy tarmoqlarda «Farengoforte» savdo nomidagi sprey ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq turli videolar tarqalmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasi ushbu mahsulot yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Dori vositasi ekanligi aytilayotgan «Farengoforte» savdo nomidagi mahsulot aslida dori vositasi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan va tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat berilmagan.

Shu munosabat bilan, Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi (idoraviy mansubligidan, mulkchilik va boshqaruv shaklidan qat’iy nazar) barcha tashkilotlar va yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqirib, «Farengoforte» mahsulotini realizasiya qilmasligini so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!