Farg‘onada “Nexia-3” olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Farg‘onada  “Nexia-3”  olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Farg‘ona shahri. 10-oktyabr kuni fuqaro L.R IIBga murojaat qilib, unda 2021-yil 05-iyul kuni noma’lum shaxs arzon narxda “Nexia-3” rusumli avtomashina olib berishligini aytib uni ishonchiga kirib undan jami 1.300 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.A sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!