Farg‘onada ayol erining birinchi turmushidan bolalariga berishi kerak bo‘lgan alimentni oldindan to‘lab qo‘ydi

Farg‘onada ayol erining birinchi turmushidan bolalariga berishi kerak bo‘lgan alimentni oldindan to‘lab qo‘ydi

Farg‘ona shahrida ayol erining birinchi turmushidan bolalariga berishi kerak bo‘lgan alimentni oldindan to‘lab qo‘ydi, deb xabar bermoqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi K.M. va X.B.larning turmushi buzilgan, bir o‘g‘il va bir qiz onasi tarbiyasida qolgan. Ota 2023 yildan buyon aliment to‘lovlarini qoldirmasdan to‘lab kelgan. Biroq hozirda birga yashab turgan rafiqasi, erini sobiq xotinidan qizg‘anib, alimentni oldindan to‘lash uchun davlat ijrochisiga murojaat etdi. U aliment pullarini farzandlari voyaga yetgunga qadar oldindan to‘lab berishini aytdi.

Aliment pullarini sobiq turmush o‘rtog‘i to‘liq olgandan so‘ng hujjatlar rasmiylashtirilib, ijro hujjati taraflarning o‘zaro kelishuviga asosan qonunning tegishli moddasi bilan tamomlandi. Otaning hozirgi rafiqasi sobiq turmush o‘rtog‘iga “boshqa bezovta qilmasligini” so‘ragani qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!