Farg‘onada 710 litr neft ortilgan "Kobalt" to‘xtatildi

Farg‘onada 710 litr neft ortilgan "Kobalt" to‘xtatildi

Odatda bojxonachilar benzin, dizel kabi tayyor yoqilg‘i mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga doir ko‘plab qonunbuzarliklarni fosh qilishgan. Ammo Farg‘onada bu gal aniqlangan holat esa ochig‘i amaliyotda kamdan-kam kuzatilgan. Ya’ni bojxonachilar benzin ham emas, dizel ham emas, qayta ishlanmagan, xom ayosh shaklidagi neftning o‘zini to‘xtatib qolishdi. Bu haqda DBQ axborot xizmati UZ24'ga xabar qildi.

Farg‘ona  viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.X. boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashina Farg‘ona shahar xududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, avtomashina salonida polietilen qoplarga joylangan 710 litr neft mahsuloti ortilganligi aniqlangan.

Odatda neft murakkab texnologiyalar asosida zavodlarda qayta ishlanadi. Ammo neftning noqonuniy aylanmasi fosh etilishiga qaraganda, “uddaburon”lar endi uni qo‘lbola sehlarda qayta ishlashga kirishgan ko‘rinishadi. Bundan-da muhimi, ular bu xom ashyoni qayerdan olishgan?

Bu savollarga ushbu holat yuzasidan davom ettirilayotgan tekshiruvlar davomida javob topiladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!