Fan olimpiadalari g‘oliblari O‘zbekistonda qanday rag‘batlantiriladi?

Fan olimpiadalari g‘oliblari O‘zbekistonda qanday rag‘batlantiriladi?

Kuni kecha 55-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida 7 nafar o‘quvchi g‘oliblikni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergandik. Mazkur xabar ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan g‘oliblarning rag‘batlantirilishi yuzasidan savollarni keltirib chiqardi. 

Xo‘sh, O‘zbekistonda Fan olimpiadalari g‘oliblari qanday rag‘batlantiriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq fan olimpiadalari g‘oliblarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etildi.
Mazkur qarorga ko‘ra quyidagi fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

✅Xalqaro matematika olimpiadasi (International Mathematical Olympiad (IMO)),   
✅Xalqaro fizika olimpiadasi (International Physics Olympiad (IPhO)),
✅Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad (IChO)),
✅Xalqaro biologiya olimpiadasi (International Biology Olympiad (IBO)),
✅Xalqaro informatika olimpiadasi (International Olympiad in Informatics (IOI))

🥇1-o‘rin (oltin medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravar (122,5 mln. so‘m), o‘qituvchisiga – 450 baravar (110,25 mln. so‘m);

🥈2-o‘rin (kumush medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravar (73,5 mln. so‘m), o‘qituvchisiga – 250 baravar (61,25 mln. so‘m);

🥉3-o‘rin (bronza medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravar (49 mln. so‘m), o‘qituvchisiga –150 baravarida (36,75 mln. so‘m).

Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlari navbatdagi o‘quv yili uchun direktor jamg‘armasidan quyidagicha qo‘shimcha ustama oladilar:

1-o‘rin (oltin medal) uchun – 200%;
2-o‘rin (kumush medal) uchun – 175%;
3-o‘rin (bronza medal) uchun – 150%.

Yuqoridagi nufuzli xalqaro olimpiadalarda medal bilan taqdirlangan o‘quvchilar Oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz imtiyozli ravishda qabul qilinadi.

‼️Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi to‘lanadi.

2021 yil davomida o‘tkazilgan Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi, Xalqaro Jautikov olimpiadasi hamda Kavkaz matematika olimpiadalarida  (https://t.me/uzedu/12210)g‘olib bo‘lgan 21 nafar o‘quvchining barchasiga yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi sifatida monoblok, oltin medal sohiblariga qo‘shimcha ravishda televizorlar beriladi.

Bundan tashqari Xalq talimi vazirligi bilan xamkorlikda faoliyat yuritadigan tashkilotlardan xam qo‘shimcha sovg‘alar berilishi ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!