Falaj bemorlar fikrlarini matnga aylantiruvchi implant yaratildi

Falaj bemorlar fikrlarini matnga aylantiruvchi implant yaratildi

AQShning Stenford universiteti olimlari Govard Xyuz tibbiyot instituti tadqiqotchilari bilan birgalikda falaj insonlar fikrlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri matnga aylantirib beruvchi miya implantini yaratdi.

Ushbu neyrodekoder yonlama amiotrofik skleroz kasalligiga chalingan bemorlarning bosh miya po‘stlog‘iga o‘rnatiladi. Shundan so‘ng innovasion sensorlar yordamida inson fikrlari monitorda matn formatida namoyon bo‘ladi.

Mazkur nanotexnologiyaning fikrni dekodlash samaradorligi va aniqligi 94 foizga teng. Bu esa mazkur toifadagi bemorlarga bir daqiqa ichida 62 so‘zni ifodalash imkonini beradi.

‼️ Garchi yangi tizim hozircha kundalik foydalanish uchun to‘liq tayyor bo‘lmasa-da, u falaj insonlar bilan muloqot qilish bobida katta muvaffaqiyat sifatida e’tirof etilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!