Evropada koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi

Evropada koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi

Bugunga qadar Xitoydan tashqari Hongkong, Yaponiya va Filippinda uchta o‘lim holati qayd etilgandi. Hammasi bo‘lib 1526 kishi kasallik qurboniga aylandi. 

Fransiyada koronavirusga chalingan xitoylik sayyoh vafot etdi. Bu Osiyodan tashqarida qayd etilgan yangi kasallikdan ilk o‘lim holatidir, deb xabar bermoqda BFM TV Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Anyez Buzenga asoslanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xubey viloyatidan bo‘lgan 80 yoshli erkak Fransiyaga 16 yanvarda kelgan. U 25 yanvarda koronavirus simptomlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Buzenning qo‘shimcha qilishicha, xitoylik sayyoh bilan birga uning qizi ham koronavirus yuqtirganligi aniqlanib kasalxonaga yotqizilgan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ayolning salomatligi yaxshi va tez kunlarda unga javob beriladi.

Bugunga qadar Xitoydan tashqari Hongkong, Yaponiya va Filippinda uchta o‘lim holati qayd etilgandi. Hammasi bo‘lib 1526 kishi kasallik qurboniga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!