Evropa va AQSh hayvonot bog‘larida o‘tgan asr boshlarida odamlar ham namoyish etilgan

Evropa va AQSh hayvonot bog‘larida o‘tgan asr boshlarida odamlar ham namoyish etilgan

XX asrning boshida Yevropa va AQShning yirik hayvonot bog‘lariga tashrif buyurganlar timsoh, antilopa va maymunlardan tashqari, odamlarni ham tomosha qilishgan. O‘sha davrda bunday “bog‘”larda hayvonlar bilan birga omadsiz va ibtidoiy qabila vakillari ham namoyish etilgan.

1889 yil zoolog Karl Xakenbekda hayvonot bog‘larida insonlarni ham ko‘rgazmaga chiqarish g‘oyasi tug‘ilgan. U tashkil etmoqchi bo‘lgan hayvonot bog‘ida yovvoyi qabilalardan bo‘lgan insonlar ham saqlanishi kerak edi. O‘sha davrda yovvoyi qabila vakillarini hech kim inson deb hisoblamagan. Ular maymun va inson o‘rtasidagi mavjudot sifatida ko‘rilgan, xolos. O‘ylab qo‘ygan rejasini amalga oshirish uchun Xakenbek Olovli zamin orolining selknam qabilasidan 11 kishini tutishga muvaffaq bo‘ldi. Achinarlisi, Xakenbek bu qilmishini hukumat roziligi bilan amalga oshirgan.

Selknam qabilasi vakillari uchun sim yog‘ochlar bilan o‘ralgan, o‘zlarining “yashash sharoitlari” yaratildi. Bu ko‘ngilochar hayvonot bog‘ida selknamliklar go‘yo o‘zlari bilgan sharoitda yashashda davom etardi, oq tanlilar bo‘lsa, ularni tomosha qilishga kelardi. Tomoshabinlar ularga banan va boshqa mevalar otardi. Xakenbekdan so‘ng ko‘plab odamlar hayvonot bog‘lari tashkil etdi. Afrika va hindu qabilalari vakillariga nisbatan haqiqiy ov boshlandi. Yovvoyi odamlar oilaviy tutib kelinib, shunday hayvonot bog‘lariga joylashtirilardi.

XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, bunday hayvonot bog‘lariga nisbatan insonparvarlikka zid deya qarala boshlandi. 1958 yilda Bryusselda o‘tkazilgan Umumjahon yarmarkasida bunday hayvonot bog‘lari faoliyatiga uzil-kesil chek qo‘yildi.

Manba: zarnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!