Eronlik hojilar kechadan Hajga yo‘l oldi

Eronlik hojilar kechadan Hajga yo‘l oldi

Eronning Haj va turizm tashkilot raisi Hamid Muhammadiyning so‘zlariga ko‘ra, kecha, 18 iyul sanasidan boshlab eronlik hojilarning birinchi karvoni Saudiya Arabistoni yerlariga yetib bordi. Bu haqda "Azon" nashri xabar berdi.

Hamid Muhammadiy Eron televidiniyesida bergan rasmiy bayonotida bu yil 86 ming eronlik Haj ibodatini amalga oshirishini ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron va Saudiya Arabistonining havo yo‘llari bo‘yicha ikki shirkati 310 ta parvozni amalga oshiradi.

Muhammadiy hojilar Eronga 26 avgustdan qaytishni boshlashlarini va bu 15 sentyabrga qadar davom etishini aytgan.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!