Eronda koronavirus tufayli to‘y va dafn marosimlari taqiqlandi

Eronda koronavirus tufayli to‘y va dafn marosimlari taqiqlandi

Koronavirusga chalingan bemorlar soni ko‘payib borayotganligi sababli ko‘plab insonlar bilan o‘tkaziladigan to‘y hamda dafn marosimlari to‘xtatilishi lozim.

Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ma’lum qildi.

"Biz butun mamlakat bo‘ylab barcha yig‘ilishlarni, u dafn marosimlari, to‘y yoki tantanalar bo‘ladimi taqiqlashimiz kerak. Hozir festivallar yoki seminarlar vaqti emas", deya ta’kidlagan mamlakat rahbari yanada qattiq choralar shundoq ham AQSh sanksiyalari ostida bo‘lgan iqtisodiyotni yo‘q qilmasligi kerakligini qo‘shimcha qilar ekan.

"Eng oson qaror - hamma narsani yopish. Ammo bunday vaziyatda odamlar ochlik va ishsizlik sabab ko‘chalarga chiqishadi", deydi Ruhoniy.

Hasan Ruhoniyning televideniyada qilgan chiqishidan ko‘p o‘tmay, Tehron polisiyasi barcha to‘y va motam tadbirlarini keyingi ogohlantirishlarga qadar taqiqlanganligini e’lon qildi, deya xabar beradi “Reuters” axborot agentligi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!