Eronda “COVID-19”ni yo‘q qiluvchi kiyim spreyi ixtiro qilindi

Eronda “COVID-19”ni yo‘q qiluvchi kiyim spreyi ixtiro qilindi

Eronlik olimlar koronavirus infeksiyasidan himoya qiluvchi maxsus sprey ixtiro qilishdi.

“Sprey tibbiy niqob ustiga yoki liboslarga sepiladi, natijada koronavirus maxsus usul bilan tarqalib ketadi va o‘z faolligini yo‘qotadi”, deyiladi xabarda.

Yangi turdagi preparat tez orada ommaviy tarzda ishlab chiqarilishi va Eron bo‘ylab tarqalishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar koronavirusni boshdan kechirgan eronliklar soni 2,4 million kishini tashkil qiladi. Ayni vaqtda Eron hududida yashovchi fuqarolarning 204 mingtasi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!