Raisiyning vertolyot halokatining ayrim tafsilotlarini ko‘rib chiqish uchun “ko‘proq vaqt” kerak bo‘ladi

Raisiyning vertolyot halokatining ayrim tafsilotlarini ko‘rib chiqish uchun “ko‘proq vaqt” kerak bo‘ladi

Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi Raisiyning vertolyoti halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi.

"Hisobotda qayd etilishicha, sodir bo‘lgan voqeaning ayrim tafsilotlarini ko‘rib chiqish uchun “ko‘proq vaqt” kerak bo‘ladi", deya xabar beradi IRNA agentligi.

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, vertolyot belgilangan marshrut bo‘ylab harakatlangan va parvoz yo‘nalishini o‘zgartirmagan. Halokatdan taxminan bir yarim daqiqa oldin halokatga uchragan vertolyotning uchuvchisi parvoz guruhidagi boshqa ikkita vertolyot bilan bog‘langan.

"Halokatga uchragan vertolyot qoldiqlarida o‘q izlari yoki shunga o‘xshash hujum belgilari topilmadi. Vertolyot tog‘ bilan to‘qnashib ketganidan keyingina yonib ketgan. Tergov shuni ko‘rsatdiki, dispetcherlar va ekipaj o‘rtasidagi suhbatlarda shubhali hech narsa sezilmagan", deyiladi Bosh shtab hisobotida.

Eslatib o‘tamiz, bortida 8 kishi, shu jumladan, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan bo‘lgan vertolyot 19 may kuni kechqurun Eron delegasiyasi Ozarboyjondan qaytayotganida halokatga uchragan va natijada uni bortida bo‘lgan barcha halok bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!