Erini xursand qilmoqchi bo‘lgan ayol fojiali tarzda vafot etdi

Erini xursand qilmoqchi bo‘lgan ayol fojiali tarzda vafot etdi

Yosh tadbirkor ayol eridan yashirincha tana a’zosini operasiya qildirganidan keyin vafot etdi. 25 yoshli braziliyalik Fernanda de Assis nafas olishning qiyinlashishi va kuchli og‘riqlarga duch kelganidan so‘ng shoshilinch kasalxonaga keltirilgan. Ahvol shunchalik og‘ir ediki, hatto tana a’zolarining ko‘karishi uning yuzida ham ko‘rina boshlagandi, deydi “The Sun”.

Bemor Rio-de-Janeyrodagi shahar shifoxonasiga intensiv davolanishga olib borilgan, ammo harakatlarga qaramasdan o‘sh yerda yurak xurujidan vafot etgan. Hozir polisiya qizning o‘limi yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Marhum erining so‘zlariga ko‘ra, uning xotini besh yil davomida bu klinikaga murojaat qilgan va har safar tanasining hajmini oshirib borgan. Aleks undan boshqa operasiya qildirmasligini iltimos qilgan, biroq Fernanda o‘z yo‘lidan qaytmagan. Natijada esa...

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!