Endi O‘zbekistonda yetishtirilgan piyoz Dubayda sotiladi

Endi O‘zbekistonda yetishtirilgan piyoz Dubayda sotiladi

Endi O‘zbekistonda yetishtirilgan piyoz Dubay rastalarida sotiladi. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xabar berdi.

Dubayga O‘zbekistonda yetishtirilgan piyozning ilk partiyasi yetib bordi. Sabzavot Toshkent va Buxoro viloyatlarida yetishtirilgan bo‘lib, fitsoanitariya sertifikati asosida yuklangan mahsulotning ilk partiyasi 48 tonnaga teng.

Yana 2 fura (48 tonna) piyoz fitsoanitariya sertifikati asosida yuklanib, ayni vaqtda yuk mashinalar orqali yetkazilmoqda.

"Buni ulkan megapolisda o‘tkazilgan "Gulfood 2024" ko‘rgazmasining amaliy natijasi deyish mumkin. Butun dunyodan ishtirok etadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari, ishlab chiqaruvchilar uchun xalqaro maydonda yangi hamkorlar, yangi aloqalar o‘rnatish uchun samarali platforma bo‘ldi", — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!