Endi dars qoldirayotgan o‘quvchilarning xonadoniga «Ogohlantirish xati» yuboriladi

Endi dars qoldirayotgan o‘quvchilarning xonadoniga «Ogohlantirish xati» yuboriladi

Respublikadagi barcha maktablarga ota-onalarga yuboriladigan «Ogohlantirish xati» namunalari yetkazilgan bo‘lib, bu orqali darsda ishtirok etmayotgan o‘quvchilar oila a’zolarining mas’uliyati va javobgarligi ham oshiriladi.

Endilikda maktab mas’ullari tomonidan shu namunadagi «Ogohlantirish xati» tezkor ravishda o‘quvchilarning yashash manzillariga yetkaziladi.

«Ogohlantirish xati»da ota-onalar o‘z farzandlarining maktabga borishini ta’minlash mas’uliyatini oshirish maqsadida MJtK 47-moddasi mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun har bir maktabga Milliy gvardiya ofiserlari biriktirilgan.

📌MJtK 47-moddasiga asosan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi —

➖BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish —

➖BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!