Ekaterinburg shahridagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lib turgan vatandoshlar holidan xabar olindi

Ekaterinburg shahridagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lib turgan vatandoshlar holidan xabar olindi

O‘zbekiston Bosh konsulligi xodimlari Rossiya Ichki ishlar vazirligining Yekaterinburg shahridagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lib turgan vatandoshlarimiz holidan xabar olishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Markaz rahbari Viktor Kryanechnikov bilan kechgan muloqot chog‘ida muassasada saqlanayotgan yurtdoshlarimizning muammolari xususida fikr almashildi. Shuningdek, vatandoshlarimizni oila a’zolari bilan ko‘rishishi va telefon orqali muloqot qilishi uchun yetarli sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Markazda bo‘lib turgan hamyurtlarimiz bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida Rossiyaning migrasiya qonunchiligi buzilishi sabablari muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, hamyurtlarimizning aksariyati mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun taqdim etiladigan hujjatning muddati o‘tib ketganligi bois ushbu muassasaga joylashtirilgan.

Uchrashuv ishtirokchilariga mazkur markazdan tezroq chiqib ketishlari bo‘yicha ishlar Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingani va ularga yaqindan yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!