Dunyodagi o‘zaro zid ikki muammo: oziq-ovqat yetishmovchiligi va ortiqcha vaznlilikning ko‘payishi

Dunyodagi o‘zaro zid ikki muammo: oziq-ovqat yetishmovchiligi va ortiqcha vaznlilikning ko‘payishi

Dunyoda 150 milliondan ortiq bola ochlikdan qiynalayotgan bir paytda haddan tashqari semirib ketish holatlari davom etmoqda.

Bu haqida BMTning Jahon oziq ovqat tashkiloti Turkiya idorasi aloqalar bo‘limi boshlig‘i Martin Penner xabar berdi.

Penner dunyoda ochlik nisbati oshib borayotganiga ishora qilib: "BMT sentyabr oyida bergan ma’lumotlarga qaraganda butun dunyoda ochlikdan qiynalayotganlar soni oshib bormoqda. O‘tgan yili har 9 kishidan biri, ya’ni 821 million kishi ochlikdan azob chekkan", dedi.

Bu oxirgi uch yil ichida ochlik darajasi ortib, 10 yil oldingi darajaga yetdi degani.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Osiyo qit’asida 515 million, Afrikada 256,5 million va Lotin Amerikasida 39 million kishi to‘yib ovqat yemayapti.

Shuningdek, dunyoda haddan tashqari semirib ketish ham avjiga chiqqan. Bugungi kunda har 8 kishidan bittasi, ya’ni 672 million kishi ushbu kasallikdan aziyat chekadi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!