Dunyo bo‘ylab dorilarni noqonuniy sotgan 120 dan ortiq odam hibsga olindi

Dunyo bo‘ylab dorilarni noqonuniy sotgan 120 dan ortiq odam hibsga olindi

Butun dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan maxsus operasiya davomida soxta dori-darmonlarni sotish bilan shug‘ullangan 120 dan ortiq odam qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda TASS Rossiya Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi boshlig‘i, polisiya general-mayori Aleksandr Prokopchukga asoslanib.

“Huquq-tartibot idoralari xodimlari 14 million dollardan ziyod tibbiyot vositalarini, shu jumladan, virusga qarshi dorilar va himoya niqoblarini musodara qildi”, dedi Prokopchuk.

Internetda noqonuniy dori-darmonlar savdosiga qarshi kurashishga qaratilgan amaliyot shu yilning mart oyida 90 mamlakatda o‘tkazilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!