Doping iste’mol qiluvchi sportchilar uchun muqobil Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish g‘oyasi to‘siqqa uchradi

Doping iste’mol qiluvchi sportchilar uchun muqobil Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish g‘oyasi to‘siqqa uchradi

PayPal va Palantir asoschilaridan biri bo‘lgan Piter Til doping va steroid ishlatadigan sportchilar uchun Olimpiada o‘yinlarini yaratmoqchi.

Birinchi musobaqalar 2025 yilda bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida New York Post nashri ma’lumot tarqatgandi.

Xabarga ko‘ra, ishtirokchilar turnir davomida dopingni halol va ochiq qabul qilishlari mumkin bo‘lishi, o‘yinlar biologik va ozuqaviy qo‘shimchalarni tadqiq qiluvchi Enhansed Games kompaniyasi ko‘magida o‘tkazilishi rejalashtirilganligini ma’lum qildi.

Shuningdek, bunday o‘yinlarni yaratishdan maqsad davlatlardagi sport federasiyalari va hukumatlariga bog‘liq bo‘lmagan sportchilarni ixtiyoriy tanlash ekanligini ta’kidlagan. Bu masala bo‘yicha tashkilotchilar Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax bilan uchrashuv o‘tkazishini ham ma’lum qilgan. Shundan so‘ng, ishtirok etish uchun 900 ga yaqin ariza topshirilgan.

Biroq, Xalqaro adolatli o‘yin qo‘mitasi, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va Butunjahon antidoping agentligi doping iste’mol qiladigan sportchilar uchun muqobil Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish g‘oyasiga qarshi chiqdi.

«Bu ishtirokchilarning sog‘lig‘i uchun potensial halokatli xavf tug‘diradi, chunki sportchilar va ularning hamkasblari muqarrar ravishda sog‘lom chegaralardan tashqariga chiqishga harakat qilishadi» — degan fikrni bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!