Dog‘istondagi terakt ishtirokchisining otasi yana qo‘lga olindi

Dog‘istondagi terakt ishtirokchisining otasi yana qo‘lga olindi

Dog‘istonning Sergokalinskiy tumani sobiq rahbari Magomed Omarov yana ikki sutkaga hibsga olindi, deb yozadi «Kommersant» huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib. Unga ko‘ra, ish jinoiy daromadlarni legallashtirish moddasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan. «Izvestiya»ning qayd etishicha, tumanning sobiq rahbari firibgarlik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atmoqda.

Viloyat Jamoatchilik nazorati komissiyasi rahbari Shamil Xadulayev Omarov tunda Serg‘o‘kaldagi uyida qo‘lga olinib, Maxachqal’aga olib ketilganini ma’lum qildi. Bir kun oldin, 4 iyul kuni Magomed Omarov mayda bezorilik uchun sud tomonidan o‘n sutkalik hibsga olingan edi.

Magomed Omarov Dog‘istondagi teraktning ertasiga, 24 iyun kuni Sergokalinskiy tumani rahbari lavozimidan ozod etilgan edi. 23 iyun kuni Derbent va Maxachqal’adagi cherkov va sinagogalarga hujum qilganlardan biri uning o‘g‘li, 31 yoshli Usmon Omarov edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!