Nima uchun Qozog‘iston TikTok'ni taqiqlamoqchi?

 Nima uchun Qozog‘iston  TikTok'ni taqiqlamoqchi?

Qozog‘iston yana TikTok'ni bloklashni ko‘rib chiqmoqda. Respublika Senati platformaning yosh foydalanuvchilarga salbiy ta’siri masalasini ko‘tardi.

3 oktyabr kuni parlament yuqori palatasining yalpi majlisida deputat Gennadiy Shipovskix platformadagi kontent bolalarning ruhiy va jismoniy salomatligiga zarar etkazishi mumkinligidan xavotir bildirdi.

Bosh vazir Oljas Bektenovga yo‘llagan so‘rovida senator ijtimoiy tarmoqni tartibga solishni kuchaytirishga chaqirdi. Siyosatchining qayd etishicha, ko‘plab davlatlar, jumladan Fransiya, Kanada va Qirg‘iziston allaqachon TikTok'dan bolalar va o‘smirlar o‘rtasida foydalanishni cheklash choralarini ko‘rgan.

«Platforma ekstremizm, radikalizm va boshqa xavfli materiallarni targ‘ib qiluvchi kontentni aniqlash va cheklash uchun aniq algoritm yaratishi kerak», — dedi Shipovskix yosh foydalanuvchilarni himoya qilish uchun YouTube Kids'ga o‘xshash yoshni tekshirish tizimini joriy etishni taklif qilib.

«Agar bu choralar ko‘rilmasa, biz hukumatni TikTok'ni butunlay blokirovka qilishga chaqiramiz», - deya qo‘shimcha qildi senator.

Qozog‘istonda TikTok'ning bloklanishi mumkinligi haqidagi munozaralarni Qo‘shma Shtatlar belgilagan global trendning bir qismi deb atash mumkin. Vashingtonda platformani taqiqlash amerikalik foydalanuvchilarga Xitoydan ilova orqali ta’sir o‘tkazishi bilan oqlanadi. Kompaniyaning o‘zi va Pekin buni rad etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!