Dog‘istonda odamlar oddiy suvdan zaharlandi

Dog‘istonda odamlar oddiy suvdan zaharlandi

Dog‘istonda 300 ga yaqin odam o‘tkir ichak infeksiyasidan aziyat chekmoqda. Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlarning barchasi vodoprovod suvi ichishgan. Ayni paytda shifoxonalarda 39 kishi davolanmoqda.

“Bugungacha barcha bemorlarga yordam ko‘rsatildi. Ular o‘rtacha og‘ir zaharlanish bilan yotqizilgan. Kasalxona barcha bemorlarni yetarli miqdorda dori-darmon bilan ta’minladi, Respublika markaziy yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokorlari ham taklif etildi”, - deydi Buynaksk shahar markaziy shifoxonasi bosh shifokorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Murod Abutov.

Eslatib o‘tamiz, bunday holat respublikada birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. Ikki yil oldin Dog‘istonda ommaviy zaharlanish bo‘yicha ikkita holat qayd etilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!