"Direktor soliq to‘lovini oyligimdan ushlab qolishingizga roziman, degan ariza yozdirib olishi mumkinmi?"

"Direktor soliq to‘lovini oyligimdan ushlab qolishingizga roziman, degan ariza yozdirib olishi mumkinmi?"

Maktab direktori o‘z xodimlaridan soliq to‘lovini oyligimdan ushlab qolishingizga roziman, degan ariza yozishni talab qilishi to‘g‘rimi? 

- Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, ish haqidan faqatgina xodimning yozma arizasiga asosan ushlab qolinishi mumkin.

Shuningdek, ish haqi ijro hujjatlarida ko‘rsatilgan hollardagina (soliqlar undirish, sud qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish va shu kabi holatlar) xodimning roziligisiz ushlab qolinishi mumkin.

Boshqa hollarda (masalan, obuna, kommunal to‘lovlar va h.k) xodimning yozma roziligisiz uning ish haqidan ushlab qolish noqonuniydir.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Farmoniga ko‘ra, jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘ini to‘lash muddati 2020 yil 15 oktyabrga qadar uzaytirildi.

Bu borada Siz soliq idoralarining ishonch telefoni orqali yoki rasmiy veb-sayti orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin. 
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!