Dahshat! Bir oiladan 4 kishi fojia qurboni bo‘ldi

Dahshat! Bir oiladan 4 kishi fojia qurboni bo‘ldi

6 avgust kuni Ryazan viloyatining Sasovsk tumani Pichkiryayevo qishlog‘i yaqinida yuz bergan yo‘l transport hodisasi oqibatida Tojikistonning 6 nafar fuqarosi halok bo‘ldi. Sasovsk tumanidan o‘tuvchi M-5 “Ural” trassasida yuz bergan va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgan YTH fakti bo‘yicha jinoiy ish ochildi, deya xabar berdi Ryazan viloyat IIB.

Og‘ir ahvolda bo‘lgan bir necha kishi Sasovsk va Shask tumanlarining shifoxonalariga olib borilgan. Mikroavtobusda Jarohat olganlardan biri 12 yoshli o‘g‘il bola bo‘lgan. 

Tojikiston mehnat, migrasiya va aholi bandligi vazirligi Migrasiya xizmatining Rossiyadagi vakili Ibrohim Ahmadi “Radio Ozodi“ bilan suhbatda mikroavtobusning barcha yo‘lovchilari Tojikiston fuqarolari ekanligini tasdiqladi. Uning aytishicha, halok bo‘lgan to‘rt kishi bir oila a’zolari bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!