Dahshat! Ayol miltiq bilan o‘z qizlarini o‘ldirdi!

Dahshat! Ayol miltiq bilan o‘z qizlarini o‘ldirdi!

18 fevral kuni michiganlik ayol uch nafar qizlarini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi, deb yozadi Forum Daily.

Daryo nashriga ko‘ra, 20 fevral kuni Kent okrugi ma’murlari halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlagan bo‘lib, ular 28 yoshli Obrianna Mur va uning sakkiz, olti va ikki yoshli qizlari bo‘lgan.

Polisiyaning aniqlashicha, bolalarni ayol o‘ldirgan va shundan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan.

Ayol bolalarini o‘ldirishda ov miltig‘idan foydalangan. Uyi yaqinida joylashgan o‘rmonga borib ularni otgan va mashinasiga solib, uyga olib kelgan. So‘ng mashina oldida o‘z joniga qasd qilgan.

Qizlarni tanigan yaqinlari va o‘qituvchisining so‘zlariga ko‘ra, ular juda ham quvnoq va maktabda a’lochi bo‘lishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol avvalroq ruhiy kasallik, gallyusinasiya va shizofreniyaga chalingan. 2018 yilning sentyabr oyida o‘zi uchun xavfli deb topilib, bir haftadan ortiq muddatga ruhiy kasalxonaga yotqizilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!