Dahshat! Avstraliyada yuzlab go‘dak qizaloqlar majburlab erga berilmoqda

Dahshat! Avstraliyada yuzlab go‘dak qizaloqlar majburlab erga berilmoqda

Avstraliyada 5-6 yoshli qizchalarni majburlab uzatish holatlari aniqlandi, deb yozmoqda news.com.au.

Avstraliya federal polisiyasi 2017 yilning yanvarida voyaga yetmaganlar nikohi bilan bog‘liq 171 ishni ko‘rib chiqqan.

Mutaxassislarning fikricha, bu raqamlar aysbergning cho‘qqisi xolos. Mamlakat bolalar huquqlarini himoya qilish markazi direktori Metyu Kilining ma’lum qilishicha, bunday holatga duch kelgan voyaga yetmagan qizlar bu to‘g‘rida xabar berishga qo‘rqishadi. Chunki birinchidan, ular judayam yosh bo‘lsa, ikkinchidan, bunday qilgan taqdirda atrofdagilarning ta’na dashnomiga qolishadi. Yana ularni ota-onalarining qamoqqa olinishi mumkinligi ham cho‘chitadi. Shu sabab ta’qiqlangan nikohlar soni ko‘rsatilganidan ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, mamlakatda xorijga kelin qilib uzatilgan qizlar soni ham noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Lenta.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!