Dahshat! 80 yoshli buvijonni bir nechta qotilliklarda ayblashmoqda

Dahshat! 80 yoshli buvijonni bir nechta qotilliklarda ayblashmoqda

Xabarovsk shahar huquq-tartibot idoralari xodimlari 80 yoshli buvijonni hibsga oldi.

Tergov davomida 30 yanvar kuni mahalliy bolalar isitish pechlari atrofida o‘ynayotib uzilgan qo‘lni topib olishgan. Keyinchalik esa axlat konteynerlaridan boshqa tana qismlari ham topilgan. Mahbusning uyidan esa gumondorni qo‘lga olish imkonini bergan dalil aniqlangan.

Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda. Tergov guruhining ma’lum qilishicha, o‘ldirilgan erkakning yoshi 52 lar atrofida.

Bu odam Ukrainadan Xabarovskga kelgan va 80 yoshli buvijonning uyidan bir xonani ijaraga olgan. Ammo erkakning nima uchun o‘ldirilganli hamon jumboqligicha qolmoqda.

Bundan tashqari, buvijon yana bir nechta qoltilliklarda ham gumon qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!