Chilonzorda ildizi shikastlangan 99 tup daraxtga obodonlashtirish ishlari sabab qilib ko‘rsatildi Ushbu holatga prokuratura munosabat bildirdi

Chilonzorda ildizi shikastlangan 99 tup daraxtga obodonlashtirish ishlari sabab qilib ko‘rsatildi Ushbu holatga prokuratura munosabat bildirdi

Toshkent shahri Chilonzor tumani hududida 99 tup daraxtning ildizi shikastlangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Tuman hokimligi bunga qurilish ishlarini sabab qilib ko‘rsatdi.

Chilonzorda ildizi shikastlangan 99 tup daraxtga obodonlashtirish ishlari sabab qilib ko‘rsatildi Ushbu holatga prokuratura munosabat bildirdi

Hokimlik mas’ullarining ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda tuman hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Aholi hordiq chiqaradigan joylar, sayilgohlar qurilishi ishlari davom etmoqda.

Chilonzorda ildizi shikastlangan 99 tup daraxtga obodonlashtirish ishlari sabab qilib ko‘rsatildi Ushbu holatga prokuratura munosabat bildirdi

"Shu o‘rinda, qurilish ishlari ketayotgan ayrim hududlarda qurilish tashkiloti tomonidan daraxtlarga e’tiborsizlik qilingan holatlar ham bo‘lgan.

Hozirda tumanda qurilish ketayotgan hududlardagi daraxtlarning holati o‘rganilib, tuman ekologiya va atrof muhitni himoya qilish bo‘limi mas’ullari tomonidan nazoratga olingan.

Bu borada aholining jamoatchilik nazoratiga ham e’tibor qaratilib, kelib tushgan murojaatlar tezda o‘rganilmoqda va zaruriy choralar ko‘rilmoqda", deyiladi hokimlik xabarida.

Chilonzorda ildizi shikastlangan 99 tup daraxtga obodonlashtirish ishlari sabab qilib ko‘rsatildi Ushbu holatga prokuratura munosabat bildirdi

"Nova24" xabariga ko‘ra, poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev voqea joyiga borib, aholi va mutasaddilar bilan uchrashgan. Shundan so‘ng Ekologiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov va shahar prokuraturasi xodimlari daraxtlar shikastlangan hududga borgan.

Ushbu holatga Bosh prokuratura ham o‘z munosabatini bildirdi.

Unga ko‘ra, Chilonzor ko‘chasini rekonstruksiya qilish jarayonida daraxtlarga zarar yetkazilganligi holati Bosh prokuratura tomonidan tekshirilayotgani va natijasi haqida xabar qilinishi aytilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!