Chernobil AES likvidatorlaridan biri «Chernobil» serialini ko‘rganidan so‘ng o‘z joniga qasd qildi

Chernobil AES likvidatorlaridan biri «Chernobil» serialini ko‘rganidan so‘ng o‘z joniga qasd qildi

Chernobil AESdagi halokat likvidator (halokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan)lardan biri Nagashibay Jusupov o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar qiladi.

Ushbu fojiali voqea Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida sodir bo‘lgan. Jusupovning o‘z joniga qasd qilishi iyun oxirida amalga oshirilganligi qayd etildi. U o‘z joniga qasd qilganidan bir muddat oldin, HBO’ning «Chernobil» serialini tomosha qilgan.

Marhumning qizi ta’kidlashicha, Jusupov serialni kuzatish paytida «ko‘zida yosh bilan ko‘rgan», chunki serialdagi voqealar unga juda og‘ir xotiralarini eslatgan. Aniqlanishicha, Jusupov likvidator sifatida safarbar etilgan birinchi zaxiraviy askarlardan biri bo‘lgan. To‘rtinchi blokda reaktorning yonida ishlagan.

Bundan tashqari, Chernobil AESdagi halokatdan so‘ng u deyarli butun hayoti davomida surunkali bosh og‘rig‘idan azob chekgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!