Buxorolik aka-ukalar Turkiyada o‘zbekistonlik ayollarni fohishaga aylantirdi

Buxorolik aka-ukalar Turkiyada o‘zbekistonlik ayollarni fohishaga aylantirdi

Turkiyada o‘zbek qizlarini fohishaga aylantirgan buxorolik Mahmudov Alisher Askarovich O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 2-qismining “b” bandi va 135-moddasi 2-qismining “a,b,v,g,d,e,z,i” bandi bilan ayblangan:
Mahmudov Alisher Askarovich 1983 yil 23 noyabrda Buxoro viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, T.Shodiyeva ko‘chasida yashab kelgan.

Unga nisbatan 1-1011-1904/210-sonli jinoyat ishi ochilgan bo‘lib, u Turkiya davlatiga kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ekspluatasiya qilish, ya’ni ularni fohishabozligidan va mehnatidan foydalangan holda boylik orttirish maqsadida ukasi Mahmudov Sherali Askarovich bilan oldindan til biriktirib, bir guruhda, Turkiya davlati Istanbul shahriga kelgan o‘zbekistonlik ayollarni o‘zi yashayotgan xonadoniga ijaraga qo‘yib, fuqarolik pasportini aldab olib qo‘yib, haq evaziga turk millatiga mansub fuqarolar bilan shahvoniy munosabatlarga kirishishidan muttasil foydalanib, o‘zbek ayollarini fotosuratlarini va u bilan jinsiy aloqada bo‘lish uchun narxlarni turk millatiga mansub fuqarolarning telefoniga jo‘natib, shuningdek bu fuqarolarni o‘z xonadoniga chaqirtirib, qizlarni ularga ko‘rsatish orqali Turkiya davlatida fohishalik bilan shug‘ullanishlariga majburlaganlar.

“Jahon.uz” internet nashrining qo‘lga kiritgan ushbu jinoyat ishiga doir hujjatlarida, aka-ukalar o‘zbekistonlik ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishdan bosh tortganlarida, Istanbul shahrida joylashgan xonadonda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda, ularni urib-do‘pposlab, unga nisbatan zo‘rlik ishlatib va zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, majburlab fohishalik bilan shug‘ullantirganlari qayd etilgan.

O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlarning sa’yi harakatlari bilan bu jinoyat fosh etildi hamda jabrlanganlar huquqlari tiklandi.

Dastavval tergov va keyin sud tergovi harakatlari natijasida jinoyatlarning qilmishi fosh bo‘ldi va ular sud oldida javob berishdi.
Mahmudov Alisher Askarovich O‘zbekiston Respublikasi JK 135-moddasi 2-qismining “a,g,e,i” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi, SH.Mahmudovga O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismining “a,g,e,i” bandlari bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 3 (uch) yil 3 (uch) oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!