Buxorolik 19 yoshli shaxs "Olx" platformasi orqali kiberjinoyat sodir etdi

Buxorolik 19 yoshli shaxs "Olx" platformasi orqali kiberjinoyat sodir etdi


————
Toshkent shahri, Yashnobod tumanida yashovchi 26 yoshli A.K. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 1.800.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyati, Vobkent tumanida yashovchi 19 yoshli O.S. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, O.S. “Olx” platformasida “Iphone 13pro” sotiladi deya yolg‘on e’lon joylashtirgan va bu e’longa ishongan jabrlanuvchi A.K. bilan telefon orqali gaplashib, uni ishonchiga kirish orqali, oldindan 1.800.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.S.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

⚠️ Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!