Buxoro viloyatida «Mayning ferma» tashkil etgan xonadon aniqlandi

Buxoro viloyatida «Mayning ferma» tashkil etgan xonadon aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda «O‘zenergoinspeksiya» Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirida fuqaro A.Z. qonunga xilof ravishda «Mayning ferma» faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida 10 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulanganligi aniqlandi.

Ushbu holat bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 531,4 mln so‘m miqdoridagi hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!